MYUdagilar Kavanining sport formasidan norozi

Sherzod Nurmatov
14 mar 2021, 01:04
Hujumchi Edinson Kavanining "Manchester Yunayted"dagi kelajagi so'roq ostida.

"Manchester Evening News" xabariga ko'ra, klub urugvaylik futbolchi bilan shartnomani uzaytirishni maqsadga muvofiq deb hisoblamayapti.

34 yoshli futbolchining jismoniy holati yaxshi emas, bu esa "qizil iblislar" rahbariyati va murabbiylar shtabini tashvishga solmoqda.

Futbolchining "Manchester Yunayted" bilan amaldagi shartnomasi iyun oyida tugaydi, ammo unda bitimni yana bir yilga uzaytirish imkoniyati mavjudligi qayd qilingan.

Kavani joriy mavsumda 25 ta o'yinda 7 ta gol urdi va 2 ta golli pas berdi.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Manchester Evening News