MYU yozdagi ilk yirik transfer bo'yicha kelishuvga erishdi

Khoja
26 may 2025
“Vulverxempton“ hujumchisi Mateus Kunya faoliyatini APLning boshqa bir jamoasida davom ettiradi.

“Manchester Yunayted“ futbolchini 74 million evroga sotib oladi. Bu haqida Fabricio Romano xabar bermoqda. Braziliyalik futbolchining o'zi bilan esa besh yillik shartnoma imzolanadi.

Ma'lumot uchun, Mateus Kunya yakunlangan mavsumda 36 ta uchrashuvda maydonga tushdi. Uning hisobida 17 ta gol va 6 ta golli uzatma bor.


KhojaMuallif
Manba: fapl.ru

O'xshash yangiliklar