

"Manchester Yunayted" klubi ikki futbolchisi Xarri Maguayr va Skott Maktomineyni yozda sotib yuborishga tayyor. Qishda esa buning iloji yo'q.
Avvalroq, ushbu futbolchilarga "Vest Xem", "Nyukasl" va "Sautgempton" kabi klublardan qiziqish bo'lgandi, ammo MYU bu takliflarni rad etdi.
Bosh murabbiy Erik ten Xag Xarri Maguayr va Skott Maktominey ushbu mavsum jamoaga yordam bera olishiga ishonmoqda.
Ma'lumot uchun, Maguayr ushbu mavsum APLda 8 ta uchrashuvda, Maktominey esa 15 ta o'yinda maydonga tushdi.



