MYU "Xerenven"ning 19 yoshli futbolchisiga e'tibor qaratdi

Narzulla Saydullayev
26 okt 2014, 16:43
"Manchester Yunayted" "Xerenven"ning yosh yarim himoyachisi Deyli Sinkgravenga qiziqib qoldi.
19 yoshli futbolchi pleymeyker sifatida o'ynaydi. MYU ustozi Lui van Gaal yarim himoyada raqobatni oshirmoqchi.

Sinkgravenning Gollandiya klubi bilan amaldagi shartnomasi 2017 yilga qadar mo'ljallangan.
 
Yosh futbolchini "Real", "Barselona" va "Liverpul" kabi grandlar ham kuzatishayotgani haqida xabarlar bor.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: soccer.ru