MYU Xaver Ernandes bilan yangi shartnoma borasida muzokara boshladi

Narzulla Saydullayev
17 noya 2013, 10:34
Manchester Yunayted o'z hujumchisi Xavero Ernandes bilan shartnomani uzaytirish borasida muzokara boshladi, deb xabar bermoqda Goal.com.
Klubdagilar Ernandesga jamoaga juda muhim o'yinchi ekanligini tushuntirishgan.

Manchester Yunayted futbolchining maoshini 60 ming funtgacha oshirib uzoq muddatli shartnoma taklif qilmoqchi. Ernandesning hozirgi shartnomasi yana ikki yil amal qiladi.

Eslatib o'tamiz, yaqinda meksikalik futbolchiga Arsenala va Tottenxem qiziqayotgani haqida xabarlar chiqqandi.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: sports.ru