MYU Van-Bissakani bir oyga yo'qotishi mumkin, u Afrika kubogiga chaqirildi

Aziz Tukhtamuradov
24 noya 2023, 08:32
"Manchester Yunayted" futbolchisi Aaron Van-Bissaka Kongo DR terma jamoasining Afrika millatlari kubogiga chaqirilgan futbolchilari ro'yxatidan joy oldi.

Musobaqa 2024 yilning 13 yanvar - 11 fevral kunlari o'tkaziladi. 

Agar u mazkur turnirda ishtirok etadigan bo'lsa, MYU taxminan 1 oyga futbolchi xizmatlaridan foydalana olmaydi. 

Kongo qoniga ega Aaron 2015 yilda Kongo DR yoshlar terma jamoasi safida o'ynagan. Keyin esa 2019 yilda Angliyaning kattalar terma jamoasiga chaqirilgan. O'shanda u o'yinlar boshlangunga qadar jarohat olib, o'yinlarga qatnashishga ulgurmagandi. 

O'xshash yangiliklar


Aziz TukhtamuradovMuallif
Manba: ESPN