MYU va "Siti" Bastoniga da'vogar

Sherzod Nurmatov
15 apr 2023, 19:25
"Inter" himoyachisi Alessandro Bastoni faoliyatini Angliyada davom ettirishi mumkin.

Bu haqda "Fichajes" xabar bermoqda.

Manbaga ko'ra, 24 yoshli italiyalik futbolchiga "Manchester Yunayted" va "Manchester Siti" klublari da'vogarlik qilmoqda. Ikki klub ham yozgi transfer oynasida futbolchini qo'lga kiritishga harakat qiladi.

Bastoni joriy mavsum 33 ta o'yinda qatnashib, 6 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Transfermarkt portali futbolchining narxini 55 million evroga baholamoqda.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Fichajes