MYU va "Liverpul" muxlislari o'zaro o'yin paytida Krishtianu Ronalduni qo'llab-quvvatlashadi

Narzulla Saydullayev
19 apr 2022, 23:51
Bu haqida klub rasman ma'lum qildi.

Xabaringiz bor, kuni kecha "Manchester Yunayted" klubi hujumchisi Krishtianu Ronaldu o'z farzandidan judo bo'lgandi. Bugun o'tkaziladigan "Liverpul" - "Manchester Yunayted" uchrashuvida ikki jamoa muxlislari o'yinning 7-daqiqasida Krishtianu Ronalduni qo'llab-quvvatlash maqsadida qarsaklar chalishadi. Bu g'oya "Liverpul" muxlislaridan chiqqan. Ushbu xabarni "Manchester Yunayted" klubi rasmiy sayti ma'lum qildi. 

Bundan avval Ralf Rangnik o'yinga qora bog'ich bilan chiqishni taklif qilgandi. Bu taklif raqib jamoa va Yurgen Klopp tomonidan to'liq qo'llab-quvvatlangan.

Eslatib o'tamiz, Krishtianu Ronaldu ushbu o'yinda maydonga tushmaydi. 

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: manutd.com