MYU va "Bavariya" Ramush uchun kurashga qo'shildi

Sherzod Nurmatov
20 iyun 2023
Avvalroq "Benfika" hujumchisi Gonsalu Ramushga PSJ davogarlik qilayotgandi.

Qayd etilishicha, parijliklar futbolchini o'z safiga qo'shib olmoqchi, ammo klub "Manchester Yunayted" va "Bavariya"ning jiddiy raqobatiga duch keldi. 

Lissabonliklar hujumchi uchun taxminan 100 million evro talab qilishlari mumkin.

Shuningdek, parijliklar short-listida Harri Keyn va Viktor Osimxen ham bor.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: fr.onefootball.com