MYU va "Arsenal" "Roma" hujumchisiga qiziqish bildirmoqda

Aslanov Jasurbek
8 yanv 2023, 20:17
"Roma" hujumchisi Temmi Abraxam yozda APLga qaytishi mumkin.

Ma'lumotlarga ko'ra, "Roma"ning 25 yoshli forvardiga "Manchester Yunayted" va "Arsenal" qiziqish bildirmoqda. Bu klublar 2022 yilning yozida hujumchi borasida taklif yuborishgan edi.

Abraxamning "Roma"dagi kelajagi so'roq ostida. U forvard mavsumning ikkinchi qismini qanday o'tkazishiga bog'liq. 

"Yunayted" va "Arsenal" yozga yaqin "Roma"ga taklif yuborishlari mumkin.

Abraxam joriy mavsum "Roma" safida 21ta uchrashuvda maydonga tushib, 4ta gol urishga muvaffaq bo'ldi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Roma Press