MYU va "Arsenal" klublari turkiyalik himoyachini kuzatishmoqda

13 noya 2019, 23:29
Turinning "Yuventus" klubi himoyachisi Merix Demiral faoliyatini APLda davom ettirish mumkin.

Ma'lumotlarga qaraganda, 21 yoshli himoyachi "Manchester Yunayted" va "Arsenal" klublarining qiziqishlari doirasiga tushib qolgan. Mazkur jamoalarning skautlari Evro-2020 saralash bosqichi doirasidagi "Turkiya" va "Islandiya" terma jamoalari o'rtasidagi bahsda Demiralning harakatlarini kuzatib borishadi. Himoyachi "Keksa sinora" safini yanvar oyida tark etishi taxmin qilinmoqda.

Avvalroq, Merix Demiral bilan "Milan" qiziqib qolgani va "Rossonerilar" u uchun 35 million evro taklif qilishga tayyorligi haqidagi xabarlar tarqalgandi. 

O'xshash yangiliklar


Manba: Bleacher Report