MYU, "Tottenxem" va "Chelsi" "Brayton" himoyachisiga qiziqmoqda

Alisher
2 dek 2020, 14:32
"Brayton" himoyachisi Ben Uayt APL top-klublari qiziqishlariga sabab bo'lmoqda.

23 yoshli angliyalik futbolchining o'yinlarini "Manchester Yunayted", "Tottenxem", "Cheli" va boshqa jamoalar kuzatmoqda.

Wyscout bahosiga ko'ra Uayt - joriy mavsumning eng yaxshi 4 himoyachisidan biri. Undan oldinda faqat "Chelsi" himoyachilari Kurt Zuma va Tiago Silva, "Arsenal"dan esa Gabriel Magalyaeslar bormoqda.

Uayt joriy mavsum APL doirasidagi 10ta o'yinda maydonga tushib, 2ta sariq kartochka oldi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: skysports.com