MYU Sheshko bo'yicha taklifini oshirdi

Aslanov Jasurbek
6 avg 2025
"Manchester Yunayted" Benyamin Sheshko bo'yicha taklifini yaxshilandi.

Jurnalist Florian Plettenberg xabariga ko'ra, mankunianlar "Leyptsig"ga 22 yoshli hujumchi uchun 80 million evro asosiy summa sifatida va bonuslar taklif qilmoqda (avval 75+10 edi).

Plettenberg ma'lumotlariga ko'ra, hali nemis klubi bilan kelishuvga erishilmagan. "Leyptsig" sport direktori Marsel Shefer taklifni hozircha qabulgani yo'q.

O'z navbatida, jurnalist Ben Jeykobs "Manchester Yunayted" va "Leyptsig" muzokaralarida oldinga siljish bo'lganini ma'lum qildi.

Avvalroq nemislar "Nyukasl"ning 80 million evrodan oshiq bo'lgan taklifini qabul qilgan edi, biroq Sheshko faqat "Manchester Yunayted"ga o'tishni xohlashini bildirgan.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: x.com/Plettigoal