MYU “Sassuolo” futbolchisini kuzatuvga oldi

8 okt 2022, 18:40
Italiyaning “Sassuolo” jamoasi yarim himoyachisi Davide Frattezi “Manchester Yunayted” radariga tushdi.

23 yoshli futbolchi o'tgan mavsumda A seriyaning 36 o'yinida 4 gol urganidan so'ng Angliyaning “Vest Hem” va “Tottenhem” e'tiborini o'ziga jalb qilgan edi. Italiyalik yosh iqtidor egasi joriy mavsumda 9 o'yinda 2 ta gol urishga erishdi. Uning ajoyib o'yini grandlarni o'ziga tortishda davom etmoqda.

“Sassuolo” o'yinchining xizmatlarini 25 mln evroga baholamoqda.

O'xshash yangiliklar


Manba: Calciomercato