MYU PSJga Pogbaning narxini ma'lum qildi

Alisher
11 yanv 2021, 15:30
PSJ "Manchester Yunayted" yarim himoyachisi Pol Pogba uchun kurashmoqchi.

Fransiyalik futbolchining transferiga shaxsan parijliklar bosh murabiyi Maurisio Pochettino qiziqish bildirmoqda.

"Qizil iblislar" agar 83 million evro taklif qilinsa, 27 yoshli futbolchi bilan xayrlashishga tayyorlar. Bitimning joriy transferlar oynasida amalga oshishi istisno etilmayapti.

Pogba joriy mavsum Angliya Premer-ligasi doirasidagi 13ta o'yinda maydonga tushib, 1ta gol urishga erishdi. Polning MYU bilan tuzgan shartnomasi 2022 yilning o'rtalariga qadar mo'ljallangan.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: Le10sport