“MYU” o'z darvozaboni bilan shartnomani uzaytirdi

Aslanov Jasurbek
8 iyul 2017, 22:37
“Manchester Yunayted” klubi rahbariyati yosh darvozabon Joel Pereyra bilan amaldagi shartnoma muddati uzaytirilganini e'lon qildi.

Yangi kelishuv 2021 yilning 30 iyunigacha amal qiladi. Mankunianliklar rasmiy saytidagi xabarga tayanadigan bo'lsak, portugaliyalik darvozabon bilan kelishuv yana bir yilga uzaytirilishi mumkin.

“O'tgan mavsumda Joel o'zini ijobiy tomondan ko'rsata oldi. Mashg'ulotlarda astoydil ishladi. Ishonchim komil, u “MYU”da yetakchilikni o'z qo'liga ola biladi. Shunday ishlashda davom et, Joel”, - dedi “Qizil iblislar” bosh murabbiyi Joze Mourinyu.


Ma'lumot uchun, 21 yoshli Pereyra Shveytsariyaning “Ksamaks” klubi tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. 2012 yilda u “MYU” akademiyasiga ko'chib o'tgandi. O'tgan mavsum u APLda bitta o'yin o'tkazib, o'z darvozasi daxlsizligini saqlab qolgan edi. 


O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif