

Erik ten Xag jamoasi kecha Angliya liga kubogi yarim finalida o'z maydonida "Nottingem Forest"ni 2:0 hisobida mag'lubiyatga uchratdi.
Manchesterliklar so'nggi marotaba 16 oktyabr kuni "Old Trafford"da kechgan o'yinda ochko yo'qotishgandi. O'shanda "Nyukasl" bilan 0:0 hisobidagi durang qayd etilgan. Shundan so'ng jamoa o'z maydonidagi o'yinlarda ketma-ket 12 marotaba g'alabag erishdi.
Jamoaning navbatdagi ikkita o'yini - "Kristal Pelas" hamda "Lids"ga qarshi uchrashuvlari ham "Old Trafford"da o'tkaziladi.



