MYU muxlislari uchun xushxabar. Lukaku diskvalifikaciya qilinmaydi

Aslanov Jasurbek
27 noya 2017, 23:27
“Manchester Yunayted” hujumchisi Romelu Lukaku “Brayton”ga qarshi kechgan uchrashuvdagi qilmishi uchun diskvalifikaciyadan qutilib qoldi.

Belgiyalik futbolchi “Brayton”ga qarshi kechgan bahsda raqib himoyachisi Gaetan Bongning oyog'iga atayin zarba bergandi. Referi bu holatni ko'rmay qolgan edi. Lekin kameralarning biri o'sha epizodni yaqqol suratga olgan ekan. 

APLning sobiq uch nafar hakamidan tarkib topgan Angliya Futbol assotsiatsiyasi ekspert guruhi vaziyatni o'rganib chiqib, Lukakuning qilmishini qizil kartochkaga tortadigan holat deb baholadi. Lekin o'yin o'tib ketgani uchun bu jazo ham bekor qilindi. 

Endi Romelu Angliya chempionati doirasidagi “Uotford”, “Arsenal” va eng muhimi, derbidan o'rin olgan “Manchester Siti”ga qarshi kechadigan uchrashuvlarda jamoasiga yordam bera oladi. 

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif