MYU "Lids"ga qarshi bugungi o'yin oldidan qanday yo'qotishlarga ega?

Sherzod Nurmatov
8 fev 2023, 18:34
Mankunianlarda tarkib bilan bog'liq muammolar mavjud.

"Manchester Yunayted"ning 5 nafar futbolchisi Angliya Premer-ligasi 8-turidan o'rin olgan "Lids"ga qarshi qoldirilgan uchrashuvni o'tkazib yuboradi. Bu haqda "Manchester Evening News" nashri xabar beryapti.

Bo'lajak uchrashuvda MYUdan yarim himoyachilar Kristian Eriksen, Skott Maktominey va Kazemiro, vinger Antoni va hujumchi Antoni Marsyal maydonga tushmaydi.

"Manchester Yunayted" – "Lids" bahsi Toshkent vaqti bilan soat 01:00 da boshlanadi.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Manchester Evening News