MYU ikki futbolchisi jamoani tark etishi mumkin

Sherzod Nurmatov
30 noya 2023, 13:11
Ular katta miqdordagi summa evaziga sotib olingan.

"Manchester Yunayted" himoyachisi Rafael Varan va yarim himoyachi Meyson Maunt joriy mavsum oxirida jamoani tark etish ehtimoli yuqori. Bu haqda "The Guardian" xabar bermoqda.

Mankunianlar fransiyalik va angliyalik futbolchi kerakli darajada o'ynamayapti deb hisoblamoqda. Agar shunday davom etsa, yozda unga o'rinbosar qidirishadi.

Varan 2021 yilning avgust oyida 40 mln evro evaziga "Real"dan MYUga o'tgandi. Mankunianlar o'tgan yozda Maunt uchun "Chelsi"ga 64 mln evro to'lagan edi.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: The Guardian