MYU hujumini kuchaytirish uchun nomzodlar aniq

Sherzod Nurmatov
25 iyun 2024, 17:54
Mankunianlar 2 nafar futbolchidan birini tanlashadi.

"Manchester Yunayted" yozda hujumchi sotib olmoqchi, deya xabar berdi "iNews". 

"Manchester Yunayted" Joshua Zirkzee ("Bolonya") va Jonatan Devid ("Lill")ni xarid qilishni maqsad qilgan.

Mankunianlar avval vinger Meyson Grinvudni sotmoqchi, undan tushgan pul yangi hujumchi bilan shartnoma imzolashga sarflanadi. "Yunayted" o'z futbolchisini 30 mln funtga baholamoqda.

Avvalroq MYU "Lacio"ning Grinvudni transfer qilish taklifini rad etgani haqida xabar berilgandi. Futbolchiga "Yuventus" va "Valensiya" ham qiziqish bildirmoqda.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: iNews