MYU hujumchisiga xaridorlar ma'lum qilindi

Sherzod Nurmatov
19 apr 2024, 12:30
O'yinchida turli variantlar bor.

"Inter", "Yuventus" va "Tottenxem" "Manchester Yunayted" hujumchisi Antoni Marsyalga qiziqish bildirmoqda. Bu haqda "TeamTalk" xabar bermoqda.

Barcha 3 klubni o'yinchini tekinga qo'lga kiritish istagida. Avvalroq fransiyalik futbolchi joriy mavsum yakunida "Manchester Yunayted"ni tark etishi haqida xabar berilgandi.

28 yoshli hujumchi joriy mavsum barcha turnirlarda 19 ta o'yin o'tkazib, 2 ta gol urdi va 1 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Uning mankunianlar bilan shartnomasi mavsum oxirigacha amal qiladi.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: TeamTalk