MYU hujumchisi "Yuventus"ga o'tishga yaqin

Mirjalol Normatov
27 fev 2019, 22:01
"Manchester Yunayted" hujumchisi Romelu Lukaku "Yuventus"ga o'tishi mumkin.

Bu haqda "The Sun" nashri ishonchli manba orqali xabar topgan.

"Lukaku - Ronalduning ashaddiy muxlislaridan biri. U "Yunayted"da asosiy tarkibdagi joyini yo'qotib bo'ldi, biroq taslim bo'lmoqchi emas. Shuningdek, klub qarorgohida uni muhokama qilishmoqda. Biz esa faqatgina kutishimiz kerak", - dedi manba.

Romelu bu mavsumda jamoasi tarkibida 34 o'yinda 9 gol kiritdi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: The Sun