MYU himoyachisi Lyuk Shou klub xodimlariga bayram sovg'alari ulashdi

Tolibjon Qosimov
29 dek 2017, 21:57
"Qizil iblislar" himoyachisi Lyuk Shou "Yunayted" bazasi ishchilariga bayram syurprizi tayyorladi.

Jamoa Lestyerda safarda bo'lganida Karringtondagi bazada qolgan 50 nafar xodim 22 yoshli futbolchidan o'ziga hos Rojdestvo sovg'alarini olishdi.

Lyuk sovg'alarni Londondagi "Fortnum and Mason" elit magazinidan buyurtma qildi. O'ziga hos savatchalarga joylangan jamlanmalar ichidan shampan vinosi, Rojdestvoga hos marmelad tami keladigan aroq, portveyn (vino) va bir qator shirinliklar o'rin olgan.

"The Daily Mail" klubdagi manbaning so'zlarini keltirdi: "Bu Lyuk tomonidan o'z minnatdorchiligini ko'rsatish uchun amalga oshirilgan ajoyib harakat bo'ldi".

O'xshash yangiliklar


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: The Daily Mail