MYU himoyachisi "Fenerbaxche"ga o'tishi mumkin

Mirjalol Normatov
12 avg 2018, 11:45
"Fenerbaxche" "Manchester Yunayted"dan Markos Roxoni ijaraga olish arafasida.

"The Guardian" xabariga ko'ra, mankunianliklarga ushbu himoyachi kerak emas. Shu boisdan argentinalik himoyachi jamoani tark etishi mumkin. Ayni damda tomonlar muzokaralarni davom ettirmoqda.

Roxo o'tgan mavsumda MYU tarkibida 12 uchrashuvda qatnashdi. U "Lester"ga qarshi bahsda qaydnomadan ham o'rin olgani yo'q.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: The Guardian