MYU futbolchisi "Inter"ga taklif qilindi

Mirjalol Normatov
7 avg 2018, 20:28
"Manchester Yunayted" yarim himoyachisi Xuan Mata "Inter"ga o'tishi mumkin edi.

Italiyalik jurnalist Janluka Di Marcioning ma'lumotiga ko'ra, Manchester jamoasi rahbariyati vakillari "Inter"ga futbolchini taklif qilishgan. Ammo Milan jamoasi bunga rad javobini bergan.

MYU futbolchining narxini 40 mln evro atrofida ma'lum qilgan. "Inter" esa buncha mablag' to'lay olmasligini aytganidan so'ng, Mataning jamoada qolishi aniq bo'ldi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: twitter.com/gianlucadimarzio