MYU De Xeaning o'rniga nomzod topib qo'ydi

Mirjalol Normatov
7 apr 2019
"Everton" darvozaboni Jordan Pikford faoliyatini "Manchester Yunayted"da davom ettirishi mumkin.

"Goal" xabariga ko'ra, mankunianliklar rahbariyati posbonni yozda "Real"ga o'tishi mumkin bo'lgan David De Xeaning o'rniga munosib nomzod deb hisoblashmoqda.

2018 yildan buyon Pikford Angliya termasining asosiy posboni bo'lib turibdi. Qayd etish kerak, "Yunayted"da hali biror marta ham asosiy posbon angliyalik bo'lmagan.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Goal