MYU "Chelsi" yetakchisi bilan shartnoma imzolashi mumkin

Mirjalol Normatov
23 iyun 2020, 19:59
"Qizil iblislar" tarkibni Villian bilan kuchaytirmoqchi.

"Daily Mail" xabariga ko'ra, mankunianliklar yozda futbolchi bilan erkin agent sifatida shartnoma imzolashga bel bog'lagan. Oldinroq 31 yoshli futbolchi klub bilan shartnomasini uzaytirmasligini aytgandi.

Ayni damda koronavirus pandemiyasi sababli bo'layotgan kichik inqiroz davrida "Yunayted" ham transferlar uchun katta mablag' sarflashni istamayapti.

Ushbu mavsumda braziliyalik xavbek APLning 29 o'yinida 5 gol va 6 assist qayd etdi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Daily Mail