MYU bosslari Reshfordni tarkibdan chiqarib yuborgan Amorimga bosim o'tkazishadimi?

Aslanov Jasurbek
24 dek 2024, 01:47
Ruben Amorim Markus Reshford bilan nima qilishni o'zi hal qiladi.

Hujumchi "Manchester Yunayted"ning so'nggi uch o'yinida qaydnomaga kiritilmadi va klubni almashtirishga tayyorligini aytdi.

Ma'lumotlarga ko'ra, rahbariyat jamoa bosh murabbiyiga bosim o'tkazmaydi. Portugaliyalikka vaziyatni o'zi hal qilishiga sharoit yaratib beradi.

Reshfordga qishda unga jamoa topish qiyinligi haqida ma'lum qilishgan. MYU takliflarni ko'rib chiqishga tayyor, ammo foyda keltirmaydiganlarini emas.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: ESPN