MYU “Barselona“ga super taklif bilan chiqdi

Khoja
18 iyun 2025, 08:20
“Manchester Yunayted“ga “Barselona“ futbolchisi Rafinya kerak.

28 yoshli futbolchining transferi uchun “qizil iblislar“ 150 million evro taklif qilmoqchi. Ushbu summa kataloniyaliklar uchun shok bo'lgan. Ular braziliyalik futbolchini sotib yuborishni o'ylashmoqda, deb xabar bermoqda Marca nashri.

Eslatib o'tamiz, Rafinya o'tgan mavsum 57 ta uchrashuvda maydonga tushdi. Uning hisobida 34 ta gol va 25 ta golli uzatma bor. Futbolchining amaldagi shartnomasi 2027 yilning yoziga qadar mo'ljallangan.


KhojaMuallif
Manba: Marca