MYU "Ayaks" futbolchisini sotib oladi

Mirjalol Normatov
16 iyul 2022
"Ayaks" himoyachisi Lisandro Martines "Manchester Yunayted"ga o'tadi.

"De Telegraaf" xabariga ko'ra, mankunianliklar transfer uchun Niderlandiya klubiga 54 million evro to'laydi. Shuningdek, yana 10 million evro bonuslar tarzida vada qilingan. Transfer keyingi hafta boshigacha e'lon qilinishi kutilmoqda.

O'tgan mavsum Martines Erediviziyaning 24 o'yinida qatnashib, 3 golli pas amalga oshirdi.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: De Telegraaf