

Xabarlarga ko'ra, “Atletiko” va “Milan” ushbu hujumchini qo'lga kiritish maqsadida MYU rahbariyatiga aniq takliflarni jo'natishgan. Ammo hozircha ularga inglizlar rad javobini berishgan. OAVda tarqatilgan xabarlarga ko'ra, Marsyalning o'zi ham jamoa bosh murabbiyi Joze Mourinyo bilan ziddiyatga borgani uchun klubdan ketish niyatida.
Ilgariroq Marsyal klub bilan shartnomasini uzaytirishi mumkinligi haqida xabarlar tarqatilgandi. 22 yoshli hujumchi klubda qolib, boshi uzra qora bulutlar aylanayotgan Mourinyo jamoadan ketsa, yana maydonga tushishiga umid qilayotgani haqida aytilgandi.



