

“Qizil iblislar” okean ortidagi turne chog'ida 5ta o'rtoqlik uchrashuvi o'tkazish bo'yicha kelishib olishdi. Bu haqda jamoaning rasmiy sayti xabar bermoqda.
Joze Mourinyo shogirdlarining bo'lajak raqiblari keyinroq ma'lum qilinadi. Katta ehtimol bilan raqib jamoalardan biri “Manchester Siti” bo'ladi.

Ikki haftaga mo'ljallangan yig'in va o'rtoqlik uchrashuvlari Los-Anjeles, Solt-Leyk Siti, Santa-Klara va Vashington shaharlarida bo'lib o'tadi.



