MYU Amrabatni "Fiorentina"dan 20 mln evro evaziga xarid qilmaydi, ammo...

Alisher
21 iyul 2024, 19:47
"Manchester Yunayted" ijaradan so'ng Sofyan Amrabatni saqlab qolishga umid qilmoqda.

Insayder Fabricio Romanoning xabariga ko'ra, MYU yarim himoyachini 20 mln evroga xarid qilish bandini faollashtirishni rejalashtirmayapti, klub buni "Fiorentina"ga ma'lum qildi.

Shu bilan birga, mankunianlar bosh murabbiyi Erik ten Xag Amrabatni jamoada ko'rmoqchi, shu sabab MYU boshqa shartlarni muhokama qilishga tayyor. Qayd etilishicha, Amrabatga boshqa qiziquvchi klublar ham bor.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: twitter.com/FabrizioRomano