MYU 4 nafar futbolchisi bilan shartnomani uzaytirmoqchi

Sherzod Nurmatov
9 dek 2023, 16:04
Mankunianlar bu futbolchilarga umid bog'lamoqda.

"Manchester Yunayted" 4 nafar futbolchisi bilan shartnomani uzaytirish niyatida. Bu haqda insayder Fabricio Romano "Manchester Yunayted" bosh murabbiyi Erik ten Hagga tayanib xabar berdi.

Ushbu ro'yxatga himoyachilar Viktor Lindelyof va Aaron Uan-Bissaka, yarim himoyachi Hannibal Mejbri va hujumchi Antoni Marsyal kiritilgan. To'rt futbolchining ham mavsum oxirigacha shartnomasi bor.

Shu bilan birga, "Manchester Yunayted" bir nechta futbolchilarini sotishga tayyor.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: twitter.com/FabrizioRomano