MYU 35 mln. evro evaziga "Lester"dan Drinkuoterni xarid qilmoqchi

Aslanov Jasurbek
21 sen 2016
"Lester Siti" yarim himoyachisi Deniel Drinkuoter navbatdagi transfer oynasida "Manchester Yunayted"ga o'tishi mumkin.

Ma'lumotlarga ko'ra, mankunianlar 26 yoshli futbolchi uchun 35 mln. evro to'lashga tayyor. Klub uning yordamida tayanch zonasini yopishga umid qilmoqda. Boshqa yarim himoyachi Pol Pogba esa ko'proq hujumkor harakatlarga e'tibor qaratishi mumkin.

Drinkuoter "Manchester Yunayted" tarbiyalanuvchisi hisoblanadi, ammo u "qizil iblislar" safida birorta ham rasmiy o'yinda maydonga tushmagan.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: The Sun