

Erik ten Xag shogirdlarining bu safargi o'ljasi "Kristal Pelas" bo'ldi. Mankunianliklar o'z maydonida so'nggi bora 16 oktyabr kuni "Nyukasl"ni enga olmagandi. Shundan keyin jamoa 13 marta uy g'alabasini qo'lga kiritdi. Bunday seriya so'nggi marta 2010/11 yilgi mavsumda bo'lgan va o'shanda jamoa ketma-ket 20 uy g'alabasini qo'lga kiritgandi.
Jamoa navbatdagi uy o'yinini 8 fevral kuni "Lids"ga qarshi o'z maydonida o'tkazadi.



