Mxitaryan: "MYU - ketma-ket uch yil Yevropa ligasida o'ynaydigan jamoa emas"

Aslanov Jasurbek
20 may 2017, 18:45
"Manchester Yunayted" yarim himoyachisi Genrix Mxitaryanning takidlashicha, mankunianlar Yevropa ligasi finalida "Ayaks"ni mag'lub etmoqchi.

"Biz uchun bu sovrinni qo'lga kiritish va Chempionlar ligasida o'ynash imkoniyatiga ega bo'lish muhim, chunki "Manchester Yunayted" - ketma-ket uch yil Yevropa ligasida o'ynaydigan jamoa emas.

Bu hayotimdagi eng muhim o'yinlardan biri bo'ladi. Imkoniyatni qo'ldan boy bermoqchi emasman. Bahsda faqat g'alaba qozonish haqida o'ylayapman.

Agar Yevropa ligasi finalida g'alabaga erishsak, biz uchun ajoyib mavsum bo'ladi, chunki ikkita sovrinni qo'lga kiritdik va bu uchinchisi bo'ladi" - deydi Mxitaryan.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Sky Sports