

Armaniston terma jamoasi sardori "Roma"ning A Seriya 30-turi doirasida o'tkaziladigan "Bolonya"ga qarshi o'yinida maydonga tusha oladi.
32 yoshli futbolchi payshanba kuni Yevropa Ligasi doirasida "Ayaks"ga qarshi o'yinda ham maydonga tushishi lozim edi. Ammo murabbiylar shtabi tavakkal qilmadi va uni asrashga qaror qildi.
Eslatib o'tamiz, Mxitaryan 11 mart kuni "Shaxtyor"ga qarshi bo'lib o'tgan o'yinda jarohat olgandi.



