Mxitaryan efir vaqtida Tog'li Qorabog'ni o'z ichiga olgan Armaniston xaritasini ko'rsatdi

Оқил Абдубарноев
16 yanv 2023, 21:04
Ozarbayjon “Inter” yarim himoyachisi Genrix Mxitaryanning xatti-harakatidan norozi.

Armaniston terma jamoasining sobiq futbolchisi “Inter” klubi televideniesidagi syujetda ishtirok etdi, unda futbolchilar o'zlari haqida so'z yuritdi. Efir davomida Mxitaryan Armaniston xaritasi konturlari tushirilgan rasmni ko'rsatdi - unda Tog'li Qorabog' ham tasvirlangandi.

Ozarbayjon futbol federatsiyalari assotsiatsiyasi (AFFA) UEFA va Italiya futbol federatsiyasiga shikoyat qilmoqchi. Ozarbayjonning “Qorabog'” klubi ham Mxitaryanning harakatlaridan noroziligini bildirdi.

Tog'li Qorabog' Ozarbayjon va Armaniston o'rtasidagi hudud sanaladi. Xalqaro hamjamiyat bu mintaqani Ozarbayjonning bir qismi deb tan oladi, biroq ushbu mintaqada armanlarning aksariyati istiqomat qiladi.

O'xshash yangiliklar


Оқил АбдубарноевMuallif
Manba: Report