Futzal. O'zbekiston MTJ ikkinchi o'yinda Ozarbayjonga imkoniyatni boy berdi GALEREYA

Tolibjon Qosimov
23 yanv 2020, 12:02
Futzal bo'yicha O'zbekiston milliy terma jamoasi Bokuda qisqa yig'in o'tkazayotgani haqida xabar bergan edik.

Foto Futzal: Ozarbayjon – O'zbekiston 2:3

Kecha kechqurun Ozarbayjon va O'zbekiston terma jamoalari o'zaro ikkinchi o'rtoqlik uchrashuvini o'tkazishdi. Bu safar mezbonlar 4:3 hisobida g'alaba qozonishdi. Bizning tarkibimizda gollarga Ilhom Hamroev, Ixtiyor Ropiev hamda Sunnatilla Jo'raevlar mualliflik qilishdi.

Futzal
O'rtoqlik uchrashuvi
Ozarbayjon – O'zbekiston 4:3
Gollar:
Oliveyra Do Nasimento (Vassura) 3, Tiago Telles Bolinya 13, Eduardo Borges 15, Iso Otaev 37 – Ilhom Hamroev 10, Ixtiyor Ropiev 26, Sunatulla Jo'raev 29.

Ozarbayjon (birinchi beshlik): Rovshan Guseynli, Tiago Telles Bolinya, Vassura, Amir Shojai, Eduardo Borges.
Zaxira: Rizvan Farzaliev (c), Xatai Bagirov, Xadi Ahmadi, Iso Otaev, Emin Kyurdov, Jonatan Luis de Angelis, Ramiz Chovdarov, Eshag Surgali, Tofik Mikailov.

O'zbekiston (birinchi beshlik): Rustam Umarov, Anasxon Rahmatov, Ixtiyor Ropiev, Mashrab Odilov, Ilhom Hamroev.
Zaxira: Ravshan Eliboev, Husniddin Nishonov, Dilshod Rahmatov, Ravshan Ismatullaev, Akbar Usmonov, Sunatulla Jo'raev, Konstantin Sviridov, Javlon Anorov, Abdulla Solihov, Xushnur Erkinov.


Eslatib o'tamiz, ushbu jamoalar o'rtasidagi dastlabki bellashuvda Bahodir Ahmedov shogirdlari 3:2 hisobida g'alaba qozonishgan edi.

O'xshash yangiliklar


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: championat.asia