

"Navbatdagi golli pas, juda xursandman. Jamoadoshlarimdan minnatdorman. Shu ruhda davom etaman va boshqa bahslarda ko'proq gol urib, ko'proq golli uzatma amalga oshirishga umid qilaman.
Bu murabbiyning o'zgartirishlari foyda bergan birinchi bahs emas. O'tgan mavsumdagi birinchi o'yinda ham zaxiralar juda yaxshi ishlagan. Zaxiradan maydonga tushgan futbolchilar jamoaga gol urish va g'alaba qozonishda yordam berayotganidan xursandman" -deydi Mxitaryan.



