Muxlislarning namoyishi sababli "Manchester Yunayted" 230 millionsiz qoladigan bo'ldi

Mirjalol Normatov
9 may 2021, 12:55
"The Hut Group" kompaniyasiga tegishli "Myprotein" brendi "Manchester Yunayted" klubi bilan homiylik asosida hamkorlik qilmoqchi edi.

Ammo muxlislarning namoyishi sababli kompaniya ushbu loyihadan voz kechdi. Shartnomaga ko'ra, kompaniya brendi jamoaning mashg'ulot liboslarida paydo bo'lishi kerak edi. Tayyorlangan shartnoma 10 yilga mo'ljallangan bo'lib, unda MYU 230 mln evro ishlab olishi kutilgandi.

Ayni damda "Manchester Yunayted" ishqibozlari klubning asosiy homiylariga nisbatan onlayn-namoyishlar boshlagan. Shu boisdan o'tgan haftada "Manchester Yunayted" va "Liverpul" jamoalari ishtirokidagi bahs o'tkazilmay qoldi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Goal