Muxlislar "Barselona" ikki tarbiyalanuvchisini qaytarishini istashmoqda

Omonjon To`xtamirzayev
9 mar 2024
"Barselona" muxlislari klub ikki tarbiyalanuvchisini Kataloniyaga qaytarishini istashmoqda.

Klub muxlislari rahbariyat "Leyptsig" yarim himoyachisi Daniel Olmo va transfer huquqi PSJga tegishli Xavi Simonsni ortga qaytarishini talab qilishmoqda.

Joriy mavsum 17 uchrashuvda maydonga tushgan Dani Olmo 7 ta gol urib, 4 ta assist qayd etgan bo'lsa, Simons 34 o'yinda 8 ta gol urdi va 12 ta golli uzatma etkazib berdi.


Omonjon To`xtamirzayevMuallif
Manba: Bild