Muxlislar Afrika tarixidagi eng yaxshi futbolchini aniqlashdi

Eldor Akmurzayev
3 may 2020, 21:40
Jahon chempionati matbuot xizmatining Twitter'dagi rasmiy sahifasi ishqibozlar o'rtasida so'rovnoma o'tkazdi.

Unga ko'ra, Afrika qitasining eng yaxshi o'yinchisi uchun ovoz berish jarayoni bo'lib o'tdi. Natijada birinchi o'rin 47 foiz ovoz bilan kamerunlik forvard Samyuel Eto'Oga nasib etgan. Keyingi o'rinlarni esa Dide Drogba (32 %), Roje Milla (14) va Asamoa Gyan (5) egalladi.

O'xshash yangiliklar


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: twitter.com/fifaworldcup_fr