Grinvud Drogbaning natijasini takrorladi

Sherzod Nurmatov
28 apr 2025, 18:47
"Marsel" vingeri Meyson Grinvud Fransiya chempionatida jamoa bilan o'tkazgan ilk mavsumida gollari soni bo'yicha Dide Drogba bilan tenglashdi.

Angliyalik futbolchining "Brest" darvozasiga kiritgan to'pi (4:1) Liga 1'ning joriy mavsumidagi 19-gol bo'ldi. Ivuarlik futbolchi 2003/04 yilgi mavsum ham xuddi shunday raqamga ega edi. "Marsel"dagi debyut mavsumidagi eng yaxshi to'purar 2016/17 yilgi mavsumda 20 ta gol urgan Bafetimbi Gomis hisoblanadi.

Avvalroq Saudiya Arabistoni jamoasi MYUga kerak bo'lmagan futbolchiga 90 million bermoqchi ekani xabar qilingan edi.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Goal.com