Rasman: Gomis sobiq jamoasiga qaytdi

Mirjalol Normatov
2 fev 2022
"Galatasaroy" matbuot xizmati 36 yoshli hujumchi Bafetimbi Gomis bilan shartnoma imzolanganini ma'lum qildi.

Yaqindagina "Al Hilol" bilan xayrlashgan futbolchi erkin agent sifatida turk klubi tarkibiga borib qo'shildi.

2018 yilda "Galatasaroy" futbolchini 6 million evro evaziga "Al Hilol"ga sotgandi. U Saudiya Arabistoni jamoasi tarkibida 147 o'yinda qatnashib, 107 gol va 16 assist qayd etdi.

Ushbu mavsumda esa u 17 uchrashuvda 9 marta raqiblari postiga yo'l topgandi.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Goal

O'xshash yangiliklar