Mutu 14 yildan so'ng Ruminiyaga qaytdi

Narzulla Saydullayev
15 yanv 2014
Adrian Mutu Ruminiya chempionatining "Petrolul" klubi bilan shartnoma tuzdi.
Futbolchi 14 yildan buyon xorij klularida faoliyat olib bordi.

"Ardjesh" klubida faoliyatini boshlagan Mutu 1999/2000 yilgi mavsumda Buxarestning "Dinamo" klubida "oltin dubl"ga erishgan va "Inter"ga ko'chib o'tgandi.

35 yoshli futbolchi "Ayachcho"dan ketdi va "Petroulul" bilan shartnoma tuzdi. Ushbu klubda hozir Ruminiya terma jamoasi sobiq futbolchisi Kozmin Kontra murabbiylik qilmoqda.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: soccer.ru