Mutaxassis fikri - "OKMKdagi muammo "Bunyodkor"da ham bor, Boshkovich Toshkentda yana g'alaba bilan qaytadimi?"

Iskandarov Abdulaziz
6 avg 2023, 14:25
Superliganing 15-turi "Bunyodkor" - OKMK, "Olimpik" - "So'g'diyona" uchrashuvlari bilan tugaydi.

 Kechagi kutilmagan natijalardan so'ng bugungi bahslarga ham qiziqish ortishi tabiiy. Zero jamoalar har bir o'yinda maydonda kurash, shiddat kechmoqda. Intriga bir zum bo'lsada to'xtamayapti. Mazkur uchrashuvlar oldidan 15-tur eksperti Abdumajit Toirovning tahlil va taxminlarini e'tiboringizga havola qilamiz. 

- "Bunyodkor" - OKMK juda ham qiziq o'yin bo'ladi. Chunki ikki jamoa ham futbol taraflama chiroyli o'yin namoyish etadi. Olmaliq klubi o'tgan turda "Surxon"ga mag'lubiyatga uchragani, markaziy himoyada muammolar borligini ko'rsatib berdi. Shunday muammolar "Bunyodkor"da ham bor. "So'g'diyona" aynan markaziy himoyachilarning xatosidan so'ng gol urdi. O'yin tempi yuqori bo'lishini kutyapman. Bu yerda kichik ustunlikni OKMKga beraman. Chunki bunday o'yinda futbolchilarning mahorati asosiy planga chiqadi. Ular o'yinni hal qiladi. O'ylashimcha, OKMK bugun g'alaba qozonadi. Umuman olganda ochiq o'yin ko'ramiz. 

- Menimcha, bu yerda ustunlik "So'g'diyona" tomonida bo'ladi. "Olimpik"ning kubokdagi uchrashuvini hisobga olmayman. Chunki raqib juda bo'sh jamoa edi. Superligadagi oxirgi o'yinini tahlil qiladigan bo'lsak, tartibli, pozicion hujum qiladigan, to'pni nazorat qiladigan jamoalarga qarshi yaxshi o'yin ko'rsata olmaydi. Chunki tarkibi yosh. Himoyada ko'p xatolarga yo'l qo'yishmoqda. To'g'ri hujumi yaxshi. Mamasidiqov, Odilov, Jo'raqo'ziev bor. "So'g'diyona" bu o'yinda g'alabaga erishadi, deb o'ylayman. Ivan Boshkovich safarda qanday harakat qilish kerakligini "Bunyodkor" bilan o'yinda ko'rsatib qo'ydi. Intizomli himoya va tezkor qarshi hujumlar asosiy qurol bo'lib xizmat qilyapti. 

O'xshash yangiliklar


Iskandarov AbdulazizMuallif
Manba: championat.asia