Mustaqillik kubogi: “Yashnobod”ning ishonchli g'alabasi

Narzulla Saydullayev
31 iyul 2018, 19:30
Futbol bo'yicha Toshkent shahar ikkinchi liga jamoalari o'rtasida “Mustaqillik kubogi - 2018” musobaqasi guruh bosqichiga start berildi.

Avval xabar berganimizdek, Yashnobod tumanining “Yashnobod” jamoasi musobaqaning “V” guruhida “pley-off” bosqichiga beriladigan yagona yo'llanma uchun “Bunyodkor-B”, 16-BO'SM hamda LSF futbolchilari bilan kuch sinashadi.

Dastlabki turda yashnobodliklar Uchtepa tumanining 16-BO'SM jamoasi bilan kuch sinashdi. Mezbonlarning to'liq ustunligida kechgan mazkur uchrashuvda “Yashnobod” futbolchilari raqiblari darvozasiga javobsiz beshta to'p yo'llashdi - 5:0.

HAKAMLAR HUJJATIDAN KO'CHIRMA:
“Mustaqillik kubogi - 2018”
“V” guruhi, 1-tur.
2018 yil 30 iyul
“YASHNOBOD” - 16-BO'SM - 5:0(3:0)
Hakamlar: 
Igor Garmashov, Xayriniso Erkinova, Anvar Jo'raev.
Nazoratchi: A.V.Popov
“YASHNOBOD”: Boburjon Haydarov, Rasuljon Rahmonberdiev, Islom Ismoilov, Yusuf Aliev, Bekzod Ahmedov, Shokir Beknazarov, Firdavs Kenjaev, Abbos Saidkarimov, Bahodir Daminov, Mirjalol Mirzaev, Azamat Boymatov (s).
Zaxiradagilar: Sherzod Xo'jayorov, Soyibjon Safarov, Rasul Shuhratov, Aziz To'xtamatov, Tohir Isroilov, Ahror Azamatov, Hojiakbar Oltinov.
16-BO'SM: Shohjahon Yavaev, Avaz Abraev, Elyorbek Abdullaev, Asil Vohidov, Komron Do'stmuhamedov, Komil Abdunabiev, Rahmat Rahmatullaev, Husniddin Tilovov (s), Elyorbek Mirsaidov, Ayubxon Axmatjonov, Zafar Tursunov.
Zaxiradagilar: Danil Munko, Asadbek Abduhamidov, Azamat Toirov, Akbar O'tkirov, Shavkat Hamdamov, G'anisher Burxonov, Bekzod Hamroev.
Gollar: Azamat Boymatov, Mirjalol Mirzaev, Rasul Rahmonberdiev (ikkita), Hojiakbar Oltinov.
Chetlatishlar: Soyibjon Safarov - Elyorbek Abdullaev.

Guruhning ikkinchi juftligida “Bunyodkor-B” - LSF jamoalari maydonga tushdi. Unda durang qayd qilindi - 2:2.

Taqvimga ko'ra, guruh bosqichining navbatdagi tur uchrashuvlari 3 avgust kuni bo'lib o'tadi. Unda 16-BO'SM - “Bunyodkor-B”, LSF - “Yashnobod” jamoalari o'zaro kuch sinashadi.

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: yashnobodnews.uz